Oʻzbekcha matnni xatosiz yozing
Word’da “Xato.uz” lentasi paydo boʻladi. Xato soʻzlar qizil rang bilan belgilanadi, toʻgʻri variant oʻng tomonda chiqadi — bir bosishda tuzatasiz. Oʻzbek, rus va ingliz tillariga tarjima ham shu yerda.
Birinchi 30 kun bepul. Windows 7–11, Word 2010 dan Microsoft 365 gacha.
Bepul. Windows 7–11, Word 2010 dan Microsoft 365 gacha.
- 85 000+oʻzak va ularning shakllari
- Lotin va kirilltekshiradi va oʻgiradi
- Word 2010–365korporativ versiyalar ham
Word ichida, odatdagi ish tartibingizda
Matnni boshqa saytga koʻchirib oʻtirmaysiz: tekshirish ham, tuzatish ham hujjatning oʻzida.
Xatolar hujjatda belgilanadi
Xato soʻz ostida qizil toʻlqinli chiziq paydo boʻladi. Belgilar hujjatda qolib ketmaydi.
Toʻgʻri variant yonida
Oʻng tomondagi panelda har bir xato uchun oʻxshash soʻzlar chiqadi. Bittasini bosasiz — almashtiriladi.
Soʻz shakllarini taniydi
kitoblarimizdagi, oʻqiyotganimizda — 85 000 dan ortiq oʻzak va ularning qoʻshimchali shakllari.
Lotin va kirill
Butun hujjatni bir bosishda boshqa yozuvga oʻgiradi. Shrift, rang va qalinlik saqlanadi.
Uch tilda tarjima
Oʻzbek, rus va ingliz tillari orasida. Butun hujjat tarjimasi yangi hujjatda ochiladi, asl nusxa oʻzgarmaydi.
Matnlaringiz saqlanmaydi
Imlo tekshiruvi toʻliq bizning serverimizda bajariladi. Matn faqat tekshirish vaqtida ishlanadi va saqlanmaydi.
Uch daqiqada ishga tushadi
Administrator huquqi kerak emas, kompyuterni qayta yoqish ham shart emas.
Yuklab oling va oʻrnating
Oʻrnatuvchi 214 KB. Ochiq turgan Word, Excel va PowerPoint’ni avval yoping.
Word’ni oching
Yuqorida Xato.uz lentasi paydo boʻladi. Hisobingizga kiring yoki roʻyxatdan oʻting.
“Imloni tekshirish”ni bosing
Xatolar belgilanadi, oʻng tomonda takliflar chiqadi. Kerakli variantni tanlaysiz.
Hoziroq sinab koʻring
Matnni yozing yoki qoʻying va “Tekshirish”ni bosing. Roʻyxatdan oʻtmasdan kuniga 30 000 soʻzgacha.
Natija shu yerda chiqadi.
Narxlar
Lotin-kirill oʻgirish hamma uchun doim bepul.
Toʻlov Payme yoki Click orqali. Obuna avtomatik yangilanmaydi. Sinov paytida sotib olsangiz, Premium sinov tugagan kundan boshlanadi. Saytda roʻyxatdan oʻtmasdan kuniga 30 000 soʻzgacha sinab koʻrish mumkin.
Hammasi bepul
Imlo tekshirish, lotin-kirill oʻgirish va uch tilda tarjima — hech qanday toʻlovsiz. Roʻyxatdan oʻtsangiz, cheklov deyarli yoʻq va tarjima ham ochiladi.
Koʻp beriladigan savollar
Haqiqatan bepulmi?
Ha. Imlo tekshirish, lotin-kirill oʻgirish va tarjima uchun toʻlov olinmaydi, karta maʼlumotlari ham soʻralmaydi.
Sinov muddati tugagach nima boʻladi?
Imlo tekshirish toʻxtaydi, lotin-kirill oʻgirish esa ishlayveradi. Davom etish uchun Premium tarifni tanlaysiz. Kartadan pul avtomatik yechilmaydi.
Word’ning qaysi versiyalarida ishlaydi?
Word 2010, 2013, 2016, 2019, 2021 va Microsoft 365 — korporativ versiyalar ham. Windows 7 dan 11 gacha. Excel va PowerPoint’da Office 2021 va Microsoft 365 da ishlaydi.
Internet kerakmi?
Ha. Tekshirish serverda bajariladi, shuning uchun lugʻat doim yangi boʻladi va kompyuteringizni yuklamaydi.
Matnlarim biror joyda saqlanadimi?
Yoʻq. Imlo tekshiruvi bizning serverimizda bajariladi va matn saqlanmaydi. Tarjima uchun esa matn tashqi tarjima xizmatiga (Microsoft yoki Anthropic) yuboriladi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.
Tarjima qanday ishlaydi?
Word’dagi “Tarjima” tugmasidan tilni tanlaysiz: oʻzbekcha (lotin yoki kirill), ruscha yoki inglizcha. Belgilangan matn joyida tarjima qilinadi; hech narsa belgilanmagan boʻlsa, tarjima yangi hujjatda ochiladi. Hisobingizga kirgan holda ishlaydi.
Kirill yozuvidagi matnni ham tekshiradimi?
Ha. Hujjat lotin yoki kirill yozuvida boʻlishidan qatʼi nazar tekshiriladi, takliflar ham oʻsha yozuvda chiqadi.
Hujjatda ruscha yoki inglizcha soʻzlar boʻlsa-chi?
Ular xato deb koʻrsatilmaydi: Xato.uz har bir xatboshi qaysi tilda yozilganini aniqlaydi. Ruscha va inglizcha xatoliklar esa oʻz tilida tuzatiladi — masalan, “Обшие” oʻrniga “Общие” taklif qilinadi. Tinish belgilari (ortiqcha boʻsh joy, takrorlangan soʻz) koʻk rang bilan belgilanadi.
Qanday toʻlayman?
Payme yoki Click orqali, kabinetingizda. Toʻlov tasdiqlangan zahoti Premium faollashadi.
Birinchi oy bepul. Bepul. Bugundan xatosiz yozing.
Karta maʼlumotlari soʻralmaydi.